Andijon shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan uy-joyga muhtoj fuqarolarning 49 nafariga qisqa vaqt ichida bunyod etilgan yangi uylarning kaliti topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur uylar 1 milliard 792 million so‘mga qurilgan. 442 million so‘m miqdoridagi boshlang‘ich badal to‘lovlari esa hukumat ko‘magida amalga oshirildi.
Andijon viloyatida umumiy hisobda 54 ming nafar nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolar istiqomat qiladi. Shulardan 649 nafariga 2018-yilda yangi uylar topshirilgan hamda umumiy qiymati 235,6 million so‘mlik maishiy texnika, 68,6 million so‘mlik mebel to‘plamlari, 6,5 million so‘mlik tikuv mashinalari sovg‘a tariqasida berilgan.
Izoh (0)