Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida, Kichik Farg‘ona kanali bo‘yida yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Anhor.uz”.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, adyolga o‘ralgan chaqaloq jasadi 2-yanvar kuni kanalning Oltiariqning Qapchig‘ay qishlog‘idagi 41-maktab hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.
“Bu — 10 kunlik chaqaloq. Aytishlaricha, uni bo‘g‘ib o‘ldirib, tashlab ketishgan. Hozir mahallada hamma oyoqqa turgan”, — deydi voqeadan boxabarlardan biri.
Xabar berishlaricha, Farg‘ona viloyati IIB olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari doirasida Oltiariq va qo‘shni tumanlardagi tug‘uruqxonalarda ishlaydigan akusher va hamshiralarni so‘roq qilmoqda. Ushbu jinoyat sabablari va boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
“Hozirgi vaqtda chaqaloqning onasini DNK-testi asosida aniqlash choralari ko‘rilmoqda, tergov ishlari davom etmoqda”, — deya ma’lum qilgan Oltiariq tuman IIB xodimi.
Izoh (0)