30-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 20-tur bahslari doirasida “Manchester Yunayted” “Bornmut” klubini mag‘lub etdi (4:1).
APLning avvalgi 2 ta turida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa “Kardiff”ni 5:1 va “Haddersfild” klubini esa 3:1 hisobida yenggan edi.
“Qizil iblislar” ketma-ket 3 ta o‘yinda 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi marta “mankunianlar” 2011-yil dekabr oyida Angliya chempionati bahslarida shunday natija qayd etgandi, deb xabar berdi Opta.
O‘sha paytda “Manchester Yunayted” Aleks Fergyuson boshchiligida KPR (2:0), “Fulhem” (5:0), “Uigan” (5:0) ustida g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)