29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turi doirasida Turinning “Yuventus” klubi “Sampdoriya”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Turinliklar chempionat yetakchisi sifatida musobaqaning 1-davrasida 53 ochko to‘plab, qishki tanaffusga chiqdi.
“Yuventus” 2005/06 va 2013/14-yilgi mavsumlarning 1-davrasida 52 tadan ochko to‘plagan edi. Joriy mavsumda klub rekordni yangiladi.
Turin klubi chempionatning birinchi qismida “Jenoa” hamda “Atalanta” bilan durang o‘ynab, ochko yo‘qotdi, xolos.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)