29-dekabr kuni O‘zbekistonda franchayzing asosida faoliyat yurituvchi xalqaro brendlar soni yana bittaga ortdi: mamlakatda Baskin Robbins muzqaymoq brendi paydo bo‘ldi.
Toshkentdagi ilk kafe Samarqand Darvoza ko‘ngilochar savdo markazining ikkinchi qavatida ochildi.
Kompaniya yaqin kelajakda Next, Compass KSMlari, Samarqand Darvoza savdo markazining fudkortida, shuningdek Anhor Lokomotiv parki hududlaridan savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirgan.
Baskin Robbins jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i hamda muzqaymoq turlari va navlari bo‘yicha jahon yetakchisidir. O‘zbekistonga mahsulot Rossiyadan keltiriladi.
Izoh (0)