Shvetsiyalik olimlarning aniqlashicha, Yangi yil va boshqa bayramlar arafasida emotsional stresslar sababli yurak xurujlari xavfi sezilarli darajada oshadi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Tadqiqotchilar Shvetsiyada 1998—2013-yillarda yuz bergan 283 mingta miokard infarkti holatini o‘rganib chiqqan. Rojdestvo, Yangi yil, Pasxa bayramlari oldidan, shuningdek, yirik sport tadbirlari, xususan, futbol bo‘yicha Jahon va Yevropa chempionati hamda Olimpiada o‘yinlari vaqtida yuz bergan yurak xurujlari aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, Yangi yil, Rosjdestvo bayramlarida va yozgi ta’tillarda miokard infarkti xavfi eng yuqori darajaga chiqadi. Aksariyat hollarda infarktdan 75 yoshdan katta kishilar, shuningdek, diabet va yurak ishemik kasalliklari bo‘lgan kishilar aziyat chekkan.
Izoh (0)