Andijon viloyati Shahrixon tumani 3-sektor rahbari va mutasaddilar aholi xonadonlarida bo‘lib, yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan fuqarolarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi, deya xabar qiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.
“Xususan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi. Tumanning Qumqayroq MFYda istiqomat qiluvchi 82 yoshni qarshi olgan onaxon Inobatxon G‘anieva hamda shu hududda yashovchi No‘monjon Babarovlar uzoq yillardan beri nogironlik aravachasiga muhtoj edi. 3-sektor rahbari va mutasaddilar tomonidan ushbu fuqarolarning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, ularning har biriga nogironlik aravachasi topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Aholi tomonidan bo‘layotgan murojaatlar uyma-uy yurib o‘rganilib, ularga amaliy yechim topilmoqda. Xususan, Sohiobod MFYda yashovchi Rohatxon G‘anieva va Yoqutxon Mo‘minovalarning suyiltirilgan gaz baloniga ehtiyoji borligi aniqlanib, ushbu fuqarolarga suyiltirilgan gaz ballonlari berildi.
Bundan tashqari tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tashabbusi hamda Sohiobod MFY fuqarolarning ko‘magi ostida shu hududda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan Donoxon Egamova va Karomatxon Hakimovalarning yashash uylari qaytadan qurib bitkazildi.
Izoh (0)