2012-yil o‘tkazilgan London Olimpiadasida ishtirok etgan 5 nafar og‘ir atletikachining doping testi natijalari ijobiy natija berdi, deb yozadi “TASS”.
Doping test ijobiy natija bergan sportchilar orasida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik Ruslan Nurudinov ham bor. Nurudinov London Olimpiadasida 4-o‘rin bilan kifoyalangandi.
Bundan tashqari, Aleksey Toroxtiy, Valentin Xristov, Nikolay Novikov, Melin Daluzyanlarning doping testi natijalari ijobiy ko‘rinish olgan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi esa ularni musobaqalardan vaqtinchalik chetlatdi.
Qayd etish joiz, hozirda og‘ir atletika doping mojarolari sabab Olimpiada o‘yinlaridan chiqarib tashlanishi xavfi ostida qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)