22-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-tur o‘yinlari boshlanadi.
“San-Siro” stadionida “Milan” Florensiyaning “Fiorentina”sini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Ayni shu vaqtda “Napoli” SPALni imtihondan o‘tkazadi.
Milanning yana bir jamoasi “Inter” esa ushbu turda “Kyevo” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv boshlanishi 22:00 ga belgilangan.
23-dekabrga o‘tar kechasi turning markaziy uchrashuvi Turinda bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon “Yuventus” klubi “Roma” bilan bellashadi. O‘yin tungi vaqt bilan 00:30 da boshlanadi.
A Seriya
17-tur bahslari
22-dekabr, shanba
“Latsio”—“Kalyari ” 16:30
“Empoli”—“Sampdoriya” 19:00
“Jenoa”—“Atalanta” 19:00
“Milan”—“Fiorentina” 19:00
“Napoli”—SPAL 19:00
“Sassuolo”—“Torino” 19:00
“Udineze”—“Frozinone” 19:00
“Kyevo”—“Inter” 22:00
“Parma”—“Bolonya” 22:00
“Yuventus”—“Roma” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)