Britaniya politsiyasi Gatvik aeroporti hududida dronlar uchirilishiga aloqadorlikda gumon qilib, ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Samolyotlarni aeroportlarga va aksincha harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilgan dronlardan foydalanish holatini tekshirish doirasida Sasseks politsiyasi tomonidani 21-dekabr kuni kechki payt ikki kishi hibsga olindi”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Oldinroq Gatvik aeroporti ma’muriyati aeroport hududida uchuvchisiz uchish qurilmalari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng aviareyslar parvozi va qabulini to‘xtatgandi. Bu holat ikki kun davom etdi.
Izoh (0)