Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda olib borgan tezkor tadbir davomida narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bekobod tumanidagi “Oybek” yo‘l-patrul maskanida olib borilgan tezkor tadbirda Spark avtomobili ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayonda haydovchi o‘rindig‘i ostidan 2 dona dumaloq shakldagi polietilen o‘ramlar topildi.
O‘ramlar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida ularning ichidagi modda 947,4 gramm og‘irlikdagidagi opiy giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)