Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan 20 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Samarqand viloyat IIB 64/79-sonli jazoni ijro etish muassasasi binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sudda 20 nafar mahkumlarga nisbatan ish ko‘rildi. Ulardan 18 nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo muddati yengili bilan almashtirilib, qolgan 2 nafar mahkumlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo muddati, muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, ozodlikga chiqarildi.
Izoh (0)