Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumanida jahonga hukmron bo‘lish istagi haqidagi savolga javob berdi, Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Dunyoni boshqarishga kelsak, shtab qayerda joylashganini hammamiz bilamiz. U Moskvada emas, bu aniq. Boshqarish xohishi AQShning jahon iqtisodiyotidaga yetakchiligi, mudofaa bilan bog‘liq xarajatlarga $700 miliarddan ko‘proq pul ajratish bilan bog‘liq”, – deb javob bergan Vladimir Putin.
Vladimir Putin qayd etishicha, Rossiya jahonni boshqarish xohishi haqidagi tushuncha, g‘arb mamlakatlari tomonidan berilayotgan noto‘g‘ri tushuncha. Bu NATOga a’zo mamlakatlarni hamkorligini mustahkamlash, hamda tashqi tahdid paydo qilish uchun kerak. Rossiya eng yirik yadro mamlakati bo‘lganligi, ushbu tahdidga uni ko‘rsatish eng yaxshi yo‘l.
Izoh (0)