Osiyo taraqqiyot banki Sindi Malvichinini O‘zbekistondagi vakolatxonaning yangi rahbari etib tayinladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.
Sindi Malvichini AQSh fuqarosi. Osiyo taraqqiyot bankidagi faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar, OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari va rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
Sindi Malvichini 2019-2021 yillar uchun Osiyo taraqqiyot bankining mamlakat bo‘yicha biznes-rejalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish hamda sheriklik strategiyasi ustidan nazorat olib boradi.
OTBning biznes-rejasi va strategiyasi infratuzilmaviy investitsiyalar, inson kapitali va xususiy sektorni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy hamda ijtimoiy integratsiyani yaxshilash orqali mamlakatning uzoq muddatli rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Izoh (0)