Dunyoning sobiq 1-raqamli raketkasi, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Ispaniyaning Mayorka shahridagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholiga 1 million yevro miqdorida yordam puli ajratdi, deya xabar beradi Marca.
Nadalning o‘zi ham Mayorka shahrida tug‘ilgan. U oktabr oyida yuz bergan falokat asoratlarini bartaraf etishga hissa qo‘shdi.
9-oktabr sodir bo‘lgan tabbiy ofat oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yuzlab uylar zarar ko‘rgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)