Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyning 40 yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun alohida hissa qo‘shgan 100 ta inson ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Mazkur ro‘yxat seshanba kuni, Xitoy hukumati tomonidan siyosiy islohotlarning 40 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali yig‘ilishda e’lon qilindi.
Jek Madan tashqari, ro‘yxatdan Xitoy basketbol assotsiatsiyasi prezidenti Yao Min, telekommunikatsion korporatsiya Tencent boshqaruv kengashi raisi Ma Xuaten ham o‘rin olgan.
Izoh (0)