Toshkent shahar hokimining buyrug‘iga ko‘ra, “Humo” muz saroyi qurilayotgani munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalarining barcha turlari uchun harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, xabarda qayd etilishicha, Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar va boshqa turdagi transport vositalari uchun 2018-yilning 17-dekabridan 2019-yilning 1-martiga qadar yopiq bo‘ladi.
Izoh (0)