UEFA tashkiloti o‘zining rasmiy saytida YChLda haftaning eng chiroyli goliga da’vogarlarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, “Tottenhem” darvozasini ishg‘ol qilgan “Barselona”ning fransiyalik hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele haftaning eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi.
Usmon bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldiridi:
- Leroy Sane (“Manchester Siti”) — “Hoffenhaym”ga urilgan gol muallifi;
- Nabil Fekir (“Lion”) — “Shaxtyor” darvozasiga kiritilgan gol muallifi;
- Paulo Dibala (“Yuventus”) — “Yang Boyz”ga kiritilgan gol muallifi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)