Biometrik pasport va avtomobil raqamlarini endilikda Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Spot ma’lum qildi.
Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 201 ta aholiga xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud. Yil davomida ular yuzdan ziyod davlat xizmatlarini fuqarolarga taqdim etadi. 2020-yilgacha ro‘yxatni 160 taga kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Markazlar mavjud bo’lgan vaqtdan buyon fuqarolarga 5 millionga yaqin turli xizmatlar taqdim etildi. Fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun markazlarning ish vaqti 20.00 soatgacha uzaytirildi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar doirasi kengaymoqda. Endilikda markazdan STIR, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi guvohnomalar va hokazolarni olish mumkin. Buxoro DXMda avtomobil raqamlari va fuqarolarning biometrik pasportini berish xizmati sinovdan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)