Kolumbiya g‘arbida avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 20 nafari jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH 9-dekabr, yakshanba kuni ertalab Yotoko munisipalitetida yuz bergan. Havaskor basketbolchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketgan.
To‘qqiz kishi voqea joyida, yana to‘rt kishi shifoxonada vafot etgan. 20 kishi jarohatlangan.
Hozirda YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning asosiy sabablaridan biri sifatida tormozning ishlamay qolishi ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)