Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining rahbari Jozef Danford xalqaro hamjamiyatni Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy harakatlari uchun diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik nuqtayi nazaridan javob qaytarishga chaqardi. Bu haqda Jozef Danford The Washington Post tashkil qilingan muloqot maydoni doirasida ma’lum qilgan, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Jozef Danford Rossiya bosh shtabining boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan muloqot qilayotgani, bunda muloqotlar ikki mamlakat qo‘shinlarining Suriyada to‘qnashuvini oldini olishga yordam berishini ham ma’lum qilgan.
Bundan avval, CNN telekanali tarqatgan xabarlarda, AQSh Qora dengizga harbiy kemalarini olib kirishi haqida xabar tarqalgan edi.
Izoh (0)