Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan kompaniya Moskva markazida joylashgan “Kommersant” nashriyot uyining o‘rniga yangi yer osti avtoturargohiga ega bo‘lgan turar joy kompleksini quradi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Kommersant” nashriyot uyining o‘rniga ko‘p funksional 30 000 ming kvadrat metrlik, loyihaning umumiy qiymati sal kam 3 million dollarga teng, yer-osti avtoturargohiga ega yangi turar joy kompleksi quriladi. Avvaliga binoning pastki qismlarini ofislarga ajratish rejalashtirilgan, biroq, keyinroq ushbu g‘oyadan voz kechilgan.
Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan kompaniya mazkur qurilish bilan bog‘liq rasmiy ma’lumotlar bermagan. Yangi turar joy kompleksi uchun ajratilgan yerda eski binoning buzish ishlari 5-dekabrda boshlangan.
Izoh (0)