AQSh qora dengizga harbiy kemalaridan birini jo‘natish bo‘yicha tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda CNN telekanli xabar tarqatdi. AQShning bunday yo‘l tutishiga Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi harakatlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh harbiylari Davlat departamentiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Departament o‘z o‘rnida Turkiyani Qora dengizga harbiy kema kiritilishidan xabardor qilishi kerak.
AQSh harbiy kemalari Qora dengizga qachon kirib kelishi haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Qora dengizda Rossiya va Ukraina kemalari bilan bog‘liq voqealar 25-noyabrdan buyon davom etmoqda. Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirib borgan.
Izoh (0)