Pavlodardagi “Superbuvijon-2018” ko‘rik tanlovi doirasida 72 yoshli Sholpan Iminova g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Sholpan Iminova 20 yil davomida zavodlarning birida ma’daniyat xodimi bo‘lib ishlab kelgan. Nafaqaga chiqqandan keyin esa, Sholpan shahar xorida (jo‘rlikda) qo‘shiq kuylagan.
“Superbuvijon-2018” ko‘rik tanlovi Pavlodarda birinchi marotaba o‘tkazilib, finalga 10 ta ishtirokchi yetib keldi. Finalchi “opalar”ning eng yoshi – 62 da, eng yoshi kattasi esa – 77 da bo‘lgan. Tanlovni birinchi guruh nogironi Valentina Tolmacheva tashkillashtirgan.
Tanlovda buvijonlar ovqat tayyorlagan, kechki liboslarda sahnaga chiqib, mehmonlarni rom etgan. Shuningdek, nabirali buvilari qanchalik yaxshi ekanligi haqida hikoyalar aytib berishgan.
Izoh (0)