26-noyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Tinchlik mahallasida yashovchi N.U. (ayol) va D.Q. (erkak) is gazidan zaharlanib voqea joyida vafot etgan. Samarqandda 2 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Ammo qo‘shnilar ularni is gazidan o‘lganligini rad etmoqda.
“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, voqea joyida vafot etgan D.Q. 1984-yilda tug‘ilgan. Shuningdek, marhuma N.U. 1986-yilda tug‘ilgan.
Is gazidan zaharlangan, deya aytilgan D.Q. va N.U. aynan qanday holatdagi is gazidan o‘lganligi (gaz yoki ko‘mir isidan, —muallif) hozircha noma’lum.
Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra D.Q. va N.U. is gazidan vafot etmagan. Boisi o‘sha kuni uyda N.U.ning ikki nafar farzandi ham bo‘lgan. Biroq ularga hech nima qilmagan.
Qiziq tomoni shundaki, D.Q. va N.U.ning o‘limini qo‘shnilarga aynan o‘sha bolalar ma’lum qilgan. Ammo hozircha viloyatdagi birorta vakolatli organ vakillari bu borada aniq ma’lumot bergani yo‘q.
“Daryo” muxbiri mazkur holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)