Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Human xususiy bandlik agentligi ochilishi va uning faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonuni bu kabi xususiy tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Human xususiy bandlik agentligi mazkur qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Asosiy maqsadi aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlashdir.
Buning uchun agentlik fuqarolar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Ish beruvchi va fuqaro o‘rtasida tuzilgan shartnoma muddati tugagunga qadar bo‘lgan barcha javobgarlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xorijga jo‘natilayotgan fuqaroga o‘zlariga mos ishlarni tavsiya etadi hamda ularning ijtimoiy himoyasi agentlik tomonidan kafolatlanadi.
Izoh (0)