28-noyabr, seshanba kuni chechenistonlik 5 yoshli Rahim Quriyev 2 soat 30 daqiqa ichida yotgan holda ikki qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqini 3000 marta bajarib rekord qo‘ydi va uning rekordi tasdiqlandi, deb xabar beradi TASS.
Qayd etish joiz, Rahim joriy yilning 12-noyabr sanasida 2 soat 26 daqiqa ichida yotgan holda ikki qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqini 4105 ta bajargandi. Ammo u mashqlarni bajarishda kichik xatolarga yo‘l qo‘ygani bois rekord tasdiqlanmagandi. Endi esa uning harakatlari Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi. Buni nashr bosh muharriri Stanislav Konenko ham tasdiqladi.
“Biz uchun anchadan beri rekordchi hisoblanadi. Uni biz e’tirof etdi, rekordini qabul qildik, ammo bu borada rasmiy hujjat kerak edi. Bugun esa Rahim yana bir o‘zining jahonda eng yaxshilardan biri ekanligini isbotladi”,— deydi rekorddan xursandchiligini yashirmagan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.
Izoh (0)