Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportida nuroniylar, ziyolilar, turli millat vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ochiq va samimiy muloqot chog‘ida mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilganlar hamma joylarda va hamma sohalarda o‘zgarishlar bo‘layotgani, buni odamlar o‘z uyi, mahallasi, tumani misolida his qilayotganini ta’kidladi.
Shu bilan davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlandi.
Izoh (0)