• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sharof Rashidov qurdirgan kutubxona jar yoqasida. Unga kim qo‘l cho‘zadi?

    Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov O‘zbekiston KPMQ Birinchi kotibi lavozimida ishlagan yillarda o‘nlab tarixiy bino va inshootlarning qurilishiga rahbarlik qilgani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Ammo talabchan rahbarning tashabbusi bilan 1982-yili Shahrixon tumanining Ahmadbek qishlog‘ida qad rostlagan kutubxonaning kun sayin achinarli holatga kelayotgani e’tiborimizni tortdi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov shu mavzuda jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Qachon e’tibor berilishi bizga qorong‘u”

    Ziyo maskani joylashgan “Barkamol avlod” mahallasi faollari va vakillari bilan suhbatlashish maqsadida MFYga tashrif buyurganimizda, bizni mahalla raisi A’zamxon Nazirov iliq kayfiyatda qarshi oldi. Maqsadimizni bilgach esa quyidagilarni gapira ketdi:

    “Bu kutubxonaning ahvoli bizga ham hech tinchlik bermaydi. Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tganidan keyin manzara shu ko‘rinishga keldi. Bunga o‘n yilcha bo‘lib qoldi. Ikki marta institut hisobchisiga rasmiy xat bilan murojaat qildim. Ular har gal va’da berishdiyu, ammo natija ko‘rib turganingizdek o‘sha-o‘sha. Qo‘shni qishloqlik Oliyaxon ismli ayol bir necha yil kutubxonachi bo‘lib ishladi. Ammo u ham so‘nggi paytlarda kelmayapti. Bu yer kechayu kunduz qulf turadi. Onda-sonda bitta-ikkita odam kiradi xolos. Qorovul va uning oila a’zolari kunora supurib turishadi. Agar ushbu bino madaniyat boshqarmasi yoki mahalla balansida bo‘lganida edi, gullab-yashnayotgan, gavjum maskanga aylanardi. Yer maydonlarining hech narsa ekilmay, qarovsiz yotgani ichimizni achishtiradi. O‘tgan oyda tuman kadastr bo‘limidanmiz, deya ikki yigit kelib, kutubxona yon-atrofini o‘lchab, rasmlarga tushirib ketishdi. Eshitishimizcha, tuman hokimligi obodonlashtirishga e’tibor qaratish taraddudida ekan. Ammo bu ishlarning qachon boshlanishi bizga qorong‘u”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yoshlar ittifoqi xodimi ham, tuman hokimi ham va’da bergandi”

    Maharamxon Jo‘rayeva faxriy pedagog. 43 yil mobaynida ushbu mahalladagi 59-umumta’lim maktabida yosh avlodga ona tili va adabiyoti fanidan saboq bergan. Ayni paytda nafaqada bo‘lsa-da, ammo ushbu ziyo maskanining qarovsizligidan jiddiy tashvishlanib, bir nechta tashkilotlar eshigini taqilatgan va ulardan biror amaliy harakatni ko‘rmagan hoji ona biz bilan suhbatda dilidagilarni to‘kib-soldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu kutubxona mahallamizdagi mazkur maktab va bog‘cha bilan birga bir vaqtda qurilib, 1982-yilning bahorida foydalanishga topshirilgan. Ochilish marosimiga Sharof Rashidovning shaxsan o‘zi kelgan va duolar qilgan. Bundan behad quvonganmiz. Kutubxonada hayot qaynardi. Har kuni mushoiralar, kitobxonlar konferensiyalari, turli madaniy-ma’naviy tadbirlar uyushtirardik. Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari ssenariylar asosida tashkil etilardi. Qo‘shni mahallayu qishloqdan ham odamlar kelardi. Bo‘sh vaqtini shu yerda mazmunli o‘tkazgan yoshlar fan olimpiadalari, tanlovlarda faol qatnashib, g‘oliblar safidan joy olishardi. Bugun ularning aksariyati turli sohalarda ishlab, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shyapti. Kutubxonaning hozirgi ahvolini ko‘rsam, juda qattiq ranjiyman. Oldin qishloq ko‘rki bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda qarovsizligi tufayli eng xunuk joyga aylandi. Tibbiyot instituti balansiga o‘tgach, xaroba qiyofasiga kirdi. Oliygoh rektori, rahbariyati bu yerga kelib, vaziyatdan boxabar bo‘lmagani bizni ajablantiryapti? Yoki ular bundan bexabarmikin?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu yilning mart oyida kutubxonani obod qilib, yana avvalgidek gavjum holatga aylantirish maqsadida bir o‘zim poytaxt sari yo‘l oldim. Dastlab Sayyora Rashidovaning ish joyiga bordim. Uning qo‘l ostidagi xodimlari ukasi Ilhomjon qattiq betobligi bois ishga chiqmayotganligini, bu masalani o‘rganib chiqishlarini ta’kidlashdi. Sharof Rashidov fondi ko‘mak berib qolar, har holda Rashidovning o‘zi qurdirtirgan-ku, degan niyatda fondni so‘rab-surishtirsam, u faqatgina Jizzax viloyatidagi ishlarni amalga oshirarkan. Keyingi manzilim O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘ldi. Bu tashkilotning raisi Qahramonjon bilan ko‘rishish niyatim bor edi. Ammo u Quva tumaniga ketgan ekan. Adashmasam, o‘zini Adhamjon deb tanishtirgan bir yigit “Sizni maqsadingizni tushundim xolajon. Andijondagi Ominaxon ismli xodimimiz siz bilan albatta, bog‘lanib, holatni o‘rganadi”, deya telefon raqamimni yozib olib, yaxshi gaplar bilan kuzatib qo‘ydi. Bir yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki, hanuz jimjitlik. Iyul oyi oxirlarida nevaram bilan Andijon shahriga borgach, viloyat hokimi qabuliga kirmoqchi bo‘ldim. Biroq uni majlisda ekanligini aytishdi. O‘sha zahotiyoq Andijon shahrining chekkarog‘ida bo‘layotgan hokim yig‘ilishiga avtobusda bordim. Meni ko‘rgan tuman hokimi Hikmatillo va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigoraxon yonimga kelib, bu masalani birgalikda hal qilamiz, deya va’da berishdi. Ularning gapiga ishonib, Shuhratbek Abdurahmonov bilan uchrasholmadim. O‘shanda shu insonga kutubxona haqida gapirganimda, muammo ijobiy tomonga o‘zgarardi. Oradan bir muddat o‘tib, viloyat hokimi o‘rinbosari Serobiddinjon kelib, kutubxonani ko‘zdan kechiribdi. Keyin bu yerni kalitini menga berishlarini tayinlabdi. O‘zim u paytda yo‘q edim. Kalitni MFYdagilar berishgandi, olmadim. Negaki, kutubxona qayta ta’mirdan chiqarilib, yangi kitoblar bilan boyitilsagina so‘ng nazorat qilib turishim mumkin. Ishonsangiz, butun fikru hayolim mana shu ma’naviyat maskanining holatini yaxshilashda. Yana burungidek gavjum bo‘lib, turli adabiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari tashkil etilishini istardim. Prezidentimiz ham shu maqsadda jon kuydirib gapirib, qaror va farmonlar chiqaryapti-ku. Nega quyi bo‘g‘indagi rahbarlar bunday maskanlarga e’tibor berishmaydi? Shunga hech tushunmay, hayron qolaman”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Murojaatlarim besamar ketgan”

    Ikki kam yetmish yosh ostonasida turgan Maharamxon xolaning fikrlaridan ta’sirlandik. Hamon oramizda shunday fidoyi, kuyinchak nuroniylarimiz borligi bizni cheksiz shodlantirdi. Onaxon fikrlarini eshitgach, mazkur nurxonada kutubxonachi bo‘lib ishlagan Oliyaxon Yusupova bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘landik.

    - Kutubxonachi sifatida 1989-yildan buyon faoliyat yuritganman. “Barkamol avlod” mahallasidagi kutubxonada esa 2006—2017-yillarda ishladim. O‘tgan yili o‘z ixtiyorim bilan ishdan bo‘shab, hozirda “Yonbosh do‘rmon” mahallasida mutaxassis bo‘lib faoliyat yurityapman. Ishlab yurgan kezlarimda kutubxona remonti yuzasidan bir necha marotaba institut ARM rahbari Muhtaramxon opa Ahmedovaga ariza yozganman. Lekin urinishlarim foyda bermagan. 8 100 dona kitob bor edi. Ko‘pi tibbiyotga oid. Yangi adabiyotlar deyarli yo‘q. Kitobxonlarim soni esa 1 100 nafar edi. Hududdagi QVP, bog‘cha va maktabda ko‘chma kutubxona tashkil etganman. Uyma-uy yurib, keksa va yurolmaydiganlarga kitoblar tarqatardim. O‘qib bo‘lishganidan so‘ng boshqasiga almashtirardim. “Barkamol avlod” va qo‘shni mahallalarda ziyoli oilalar juda ko‘p. Agar kutubxona chiroy ochib, yangi kitoblar keltirilsa, yoshlar va aholi albatta, kitob o‘qishadi. Men bunga ishonaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ulkan merosni avaylaylik

    Surishtiruvimiz davomida mazkur masala bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov bilan bog‘langanimizda, u oktabr oyida mazkur kutubxona institut balansidan chiqarilib, Shahrixon tuman hokimligi balansiga o‘tkazilganini, bu boradagi rasmiy hujjatlarga imzo qo‘yganini, kutubxonani bir ishbilarmon sotib olib, qo‘shimcha faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish niyatida yurganini, kitoblar esa oliy ta’lim muassasasiga qaytarib kelinganini qat’iy ta’kidladi. Biz kutubxonaga borganimizda esa kitoblar savlat to‘kib turganiga guvoh bo‘lgandik yoki ko‘zimizga shunday ko‘ringanmikin-a?!

    Rektor fikrini eshitgach, Shahrixon tumani hokimligiga qo‘ng‘iroq qildik. Afsuski, bu haqda hech bir bo‘limdan aniq bir javobni ololmadik.

    Xulosa o‘rnida aytish joizki, Sharof Rashidovdek davlat arbobidan esdalik sifatida qolgan ulkan merosni avaylash, kitobxonlar safini kengaytirishda undan samarali foydalanish va jar yoqasidan najot qo‘llari bilan qutqarib qolishda befarq bo‘lmasligimiz zarur. Biz bu borada mutasaddilardan, xususan Shahrixon tuman hokimligidan aniq javob kutib qolamiz.

    15.11.2018, 20:38   Izoh (0)   66112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida dars bermoqda

    15.11.2018, 20:01

    Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurilib, yangi shaharcha barpo etiladi

    15.11.2018, 19:04

    Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

    15.11.2018, 18:49

    Buyuk Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda mini-mehmonxonalar qurishni taklif etmoqda

    15.11.2018, 18:34

    Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” konsultantiga aylandi

    15.11.2018, 18:20

    Sirdaryoda yuz bergan YTHda 2 kishi jarohatlandi. Ulardan biri yosh bola

    15.11.2018, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.