• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi “Notariuslardagi navbat kutishlar qachon yo‘qoladi?” maqolasiga munosabat bildirdi

    Adliya vazirligi “Xabar.uz” nashrida chop etilgan jurnalist G‘ayrat Yo‘ldoshning “Notariuslardagi navbat kutishlar qachon yo‘qoladi?” nomli maqolasiga munosabat bildirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Adliya vazirligi tomonidan notariat tizimida xizmatlar ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, fuqarolarga qulay va samarali huquqiy xizmatni ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib, milliy hamda xorijiy tajriba chuqur tahlil qilib borilmoqda. Bu borada soha xodimlari hamda fuqarolar bilan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatilgan.

    Notariat sohasini takomillashtirish va notariuslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida oxirgi bir yil ichida notarial idoralari ustidan kelib tushayotgan shikoyatlar 2 barobarga kamaydi.

    Shunday bo‘lsa-da, notarial xizmatlarning sifati va tezkorligi pastligi, xususan, notarial idoralardagi mavjud navbatlar, byurokratik to‘siq va g‘ovlar aholining notariat tizimiga bo‘lgan ishonchi hamon yetarli darajada emasligini mutaxassislar yaxshi biladi.

    Muammolarga kompleks yechim topish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan qanday ishlar bajarilgan-u, yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak, degan haqli savol tug‘iladi.

    Birinchidan, Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilning oktabr oyida respublika bo‘yicha davlat notarial idoralarida jami 665 ta shtat birliklari joriy etildi. Ularning 146 tasi notarius, 383 tasi notarius yordamchisi, 137 tasi kotib lavozimlariga to‘g‘ri keladi. Bu ham o‘z navbatida notarial idorada xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshiradi.

    Hozirda avvaldan vakant bo‘lib kelgan 56 ta va yangi joriy etilgan  138 ta bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lon berilgan.

    Ko‘p insonlarning nazarida notariuslarning ishi oson ko‘rinadi. Lekin bu soha birinchi navbatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi institut bo‘lib, notariuslar o‘z faoliyatida ularga har tomonlama huquqiy ko‘mak beradi.

    Shuning uchun notarius lavozimiga har taraflama bilim va ko‘nikmalarga ega, o‘z sohasining mutaxassisi ochiq va shaffof o‘tadigan hamda internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadigan imtihonlar natijasida tanlab olinadi.

    Amaliyotga nazar tashlasak, hozirda (yangi shtatlar kiritilgunga qadar) Toshkent shahrida 42 ta va Samarqand viloyatida 18 ta notarius o‘rinlari vakantligini ko‘ramiz.

    Shuncha bo‘sh notarius o‘rinlari bor ekan, nima uchun ular o‘z vaqtida to‘ldirilmaydi, degan savol tug‘ilishi ham mumkin.

    Masalan, joriy yilning boshidan buyon Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman 2-son davlat notarial idorasiga 3 marotaba tanlov o‘tkazilgan bo‘lsa-da, bilim va ko‘nikmasi yetarli bo‘lmaganligi uchun birorta ham talabgor tanlovdan o‘ta olmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, obyektiv jihatdan talabgor bilim darajasi me’yorga javob bermasa va imtihondan o‘tmasa, bu insonga notarius kabi mas’uliyatli lavozimni ishonib topshirib bo‘lmaydi.

    Bundan ko‘ra, ushbu lavozim vakant bo‘lib qolgani, albatta, afzalroqdir.

    Shuning uchun tizim uchun malakali kadrlarni yetishtirib chiqarish, stajerlarni ko‘paytirish, malakali mutaxassislarni jalb etish, notariatning kasb sifatida jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, joriy yilning 1 noyabridan boshlab sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan, notarius yordamchisi yoki adliya organlarida ushbu sohani nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talabi bekor qilindi. Stajirovka muddati esa ikki yildan bir yilga kamaytirildi.

    Bu esa bugungi kunda Adliya vazirligi oldida turgan vakant notarius o‘rinlarini to‘ldirish bilan bog‘liq masalani yechishga jiddiy ko‘makberadi. Aynan shu qonunchilikdagi o‘zgarishlar natijasida yangi ochilgan notarius lavozimlarini to‘ldirish rejalashtirilgan, lekin ochiq va shaffof hamda qat’iy imtihon orqali. Bu borada, Adliya vazirligi ikki xil standartlarga yoki tanlov o‘tkazishda yengilliklarga yo‘l qo‘ymaydi.

    Ikkinchidan, hududlarda notariuslar sonini keskin oshirish masalasi bir qarashda muammoning yechimi sifatida ko‘rinadi. Aslida esa notariuslar va notarial idoralarning xodimlarini oylik ish haqi, martaba darajasi va uzoq yillik mehnati ustamalari va boshqa barcha moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralari davlat bojidan tushumlar hisobiga moliyalashtiriladi.

    Shuning uchun ham respublikaning ayrim hududlarida qo‘shimcha shtat birliklarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas.

    Masalan, Surxondaryo viloyati Boysun notarial okrugidagi notariuslar tomonidan tushirilayotgan davlat boji qo‘shimcha notarius va notarial idora xodimlarini moliyalashtirish uchun yetmaydi. Shunday bo‘lsada, mazkur va boshqa hududlarda qo‘shimcha moliyalashtirish amalga oshiriladi.

    Uchinchidan, respublikaning barcha hududlarida ham maqolada keltirilgani kabi fuqarolarning uzoq navbatda turishi holatlari mavjud emas.

    Xususan, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan me’yor talablariga e’tibor beradigan bo‘lsak, 1 notariusga 1 oyda o‘rta hisobda 350—500 ta notarial harakat to‘g‘ri kelishi kerak edi. Yaqinda kiritilgan o‘zgarishlarga asosan bu ko‘rsatkich 300—400 ta etib belgilandi.

    Shunday bo‘lsada, ayrim notariatlarda o‘rtacha 220—250 tadan notarial harakat amalga oshirilayapti.

    To‘rtinchidan, Adliya vazirligi xususiy notarial idoralar ochish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi va bu borada bir nechta amaliy takliflar bilan chiqqan.

    Adliya vazirligiga 2019-yil 1-iyulga qadar ilg‘or xorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni chuqur o‘rgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat shakliga o‘tkazish vazifasi belgilangan.

    Shunga ko‘ra, hozirda Adliya vazirligi tomonidan bu borada qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    Beshinchidan, vazirlik tomonidan fuqarolar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazilib, uning natijasiga ko‘ra, fuqarolarga qulay vaqtda notarial harakatlarni amalga oshirish uchun 6 kunlik ish haftasi tashkil etildi.

    Hozirda notariuslar tomonidan fuqarolarga shanba kuni ham, ayrim hududlarda yakshanba kuni ham notarial harakatlar rasmiylashtirib berilmoqda. Masalan, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida yakshanba kuni ham notariuslar xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

    Oltinchidan, navbatlarni oldini olish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan notariuslar ortiqcha ish yuklamalaridan ozod qilingan.

    Xususan, notariuslar hozirda huquqiy targ‘ibot tadbirlarida qatnashish va qonun hujjatlarini turkumlashtirib borish ishlaridan ozod etilgan.

    Bundan tashqari, 2019-yilning 1-yanvaridan notariuslar tomonidan yuritib kelingan va har bir notarial harakatni rasmiylashtirish vaqtida 10—15 daqiqagacha vaqt talab qiladigan reyestr kitoblari, gerbli blankalarni sarflash kitoblari va boshqa shu kabi 15 ta kitoblarni yuritish bekor qilinmoqda.

    Ushbu o‘zgarish ham notarial harakatni tasdiqlash uchun sarflanadigan vaqtni ancha tejaydi va ushbu jarayon maqbullashishiga olib keladi.

    Yettinchidan, endilikda 2019-yilning 1 yanvaridan boshlab notariuslar tomonidan hisobot yuritilmaydi, balki hisobotni hududiy adliya organlari “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan o‘zlari oladi.

    Sakkizinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi qarori bilan hujjatlardan olingan nusxalarni majburiy notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilindi.

    Bu ham bir tarafdan fuqarolarga yaratilgan qulaylik bo‘lsa, ikkinchi tomondan oddiy hujjat uchun notarial idorada soatlab navbat kutishga chek qo‘yildi.

    Natijada respublika bo‘yicha bir yilda o‘rtacha 2 millionta hujjatlar nusxalarini tasdiqlash kabi notarial harakat bekor qilindi va bugungi kunda notariuslar katta ish yuklamasidan xalos bo‘ldi.

    To‘qqizinchidan, notariuslar tomonidan notarial harakatlar yagona avtomatlashtirilgan tizim orqali tasdiqlanadigan bo‘ldi.

    Notarial harakatni tasdiqlash notarius tomonidan faqat unga imzo qo‘yish va muhr bosishdan iborat harakat emas. Aksincha notarius ushbu harakat bo‘yicha mazkur hujjatlarning qonun talablariga muvofiqligini tekshiradi hamda loyihasini tayyorlaydi.

    Bu jarayon ham notarial harakatlarning murakkabligiga qarab 30 daqiqadan 2 soatgacha vaqtni talab qiladi.

    Chunki notarius huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki uni bekor qiladigan hujjatlarni tasdiqlaydi hamda bu hujjatlar barcha idora va tashkilotlar uchun tan olinishi majburiy hisoblanadi.

    Bu borada ham hozirgi kunda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2019-yilning 1-yanvar kunidan ayrim notarial harakatlarni majburiy tartibda notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir yilda o‘rtacha 150 mingga yaqin ko‘chmas mulk ijara va tekin foydalanish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan.

    Endilikda 2019-yil 1-yanvaridan boshlab yiliga yana qariyb 150 mingta hujjat majburiy tartibda notarial tasdiqlanmaydigan bo‘ladi. Ya’ni, juda katta vaqt va resurs talab qiluvchi notarial tartib bekor qilinishi, navbat muammosiga katta zarba beradi.

    Bu kabi notarial harakat turlarini qisqartirish va fuqarolarga qulaylik yaratish masalasi doimiy ravishda Adliya vazirligi diqqat markazidagi masaladir.

    O‘ninchidan, 2019-yilning 1-yanvaridan har bir notarial idorada elektron navbat tizimi, notariuslarni masofadan nazorat qilish va notarial idoraga murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga ularning barmoq izlarini skaner qilish orqali aniqlik kiritish kabi qulayliklar joriy etilmoqda.

    Bu esa notarial idoraga tanish-bilish orqali navbatsiz kirish yoki pul berish orqali ishini hal etishga urinish kabi holatlarning oldini oladi. Notariuslarni masofadan turib markazlashtirilgan holda nazorat qilish turli byurokratik va korrupsiogen omillarga qarshi katta zarba bo‘ladi. Barmoq izlarini skaner qilish orqali notarial harakatni tasdiqlash turli shubha va gumonlarsiz uni amalga oshirilishini ta’minlaydi.

    Shunday bo‘lsa-da, hech bir davlat organi to‘liq har bir xodim xatti-harakatini doimiy nazorat qilish imkoniga ega emas. Shuning uchun, Adliya vazirligi notariuslar ustidan jamoat nazoratini, bevosita xalq nazoratinirivojlantirish yo‘lida katta ishlarni amalga oshiryapti.

    Biroq bu borada amaliyot aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalasida ham jiddiy e’tibor qaratish, ular bilan ishlash zarurligini ko‘rsatmoqda.

    Fuqarolar notarial idoraga murojaat qilib, 20-30 daqiqa kutishni xohlamasdan turli davlat organlariga murojaat qilayotganliklari, keyinchalik ushbu xolat ko‘rib chiqilganida notarial harakat fuqaro davlat organiga murojaat qilgan kunning o‘zidayoq rasmiylashtirilganligi aniqlanmoqda.

    Bundan tashqari, fuqarolar o‘zlarining mulkiy yoki boshqa holatiga ta’sir qiladigan harakatlarni o‘rganmasdan, darhol amalga oshirilishini talab qilishi hamda notariusga turli usulda bosim o‘tkazish kabi holatlar ham uchrayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

    Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, aholi 2019-yil 1-yanvaridan mutlaqo yangicha notariat tizimi va notarial xizmatlar ko‘rsatilishiga guvoh bo‘ladi.

    13.11.2018, 15:32   Izoh (0)   20551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Darsga galstuksiz kelgan talabalarni shapaloqlagan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti domlasi ishdan chetlatilgan

    13.11.2018, 15:15

    Buxoroda qo‘lbola yasalgan isitish anjomlarini sotayotgan 10 nafardan ortiq tadbirkorga ogohlantirish berildi

    13.11.2018, 15:05

    Andijonda katta miqdordagi dollarni so‘mga almashtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    13.11.2018, 14:51

    Germaniyalik professor Villi Rolf Xanish O‘zbekiston pedagoglari uchun seminar o‘tkazmoqda

    13.11.2018, 13:55

    O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qimmatlashdi

    13.11.2018, 12:58

    10 oy ichida prokuratura organlari xodimlariga 81 holatda pora taklif qilingani aniqlandi

    13.11.2018, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.