Termiz tumanidagi Qum qishlog‘ida Surxondaryo viloyati ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat bo‘linmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari, jamoatchilik vakillari hamkorligida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Joriy yilga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida tashkil etilgan tadbir Qum qishlog‘iga g‘arazli niyatlar bilan aholining tinch, osuda turmushiga raxna solish, uni izdan chiqarish va qo‘poruvchilik jinoyatlarini amalga oshirish maqsadida qishloqqa kirgan shartli jinoiy guruh harakatlarini bartaraf etishga yo‘naltirildi.
Mashg‘ulot jarayonida shartli jangarilar qo‘lga olinib, zararsizlantirildi.
Tadbirda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining favqulodda holatlarga jangovar shaylik darajasi keng namoyon bo‘ldi. Shaxsiy tarkibning shunday vaziyatlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilish va barcha vazifalarni yuksak darajada uddalay olish ko‘nikmasiga ega ekani o‘rganilib, sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)