2018-yil 8-noyabr kuni Buxoro shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi M.Z. Turdi Farog‘iy ko‘chasida yashovchi opasi N.Z.ga Buxoro shahridan yer uchastkasi olib berishni va’da qiladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U opasidan aldov yo‘li bilan 2011-yilda 20 ming AQSh dollari hamda 2015-yil may oyida yana 7 000 dollar olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)