AIBA texnik qo‘mitasi rahbari Pet Fiako Tokio—2020 Olimpiadasida bokschilarning nechta vazn toifasida medallar uchun bahslarga kirishishini ma’lum qildi.
U bu haqda, kecha, 2-noyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi — AIBA’ning 2018-yilgi kongressidagi hisobotida e’lon qildi. 2020-yilgi Olimpiadada erkaklar 8 ta vazn toifasida, ayollar esa 5 ta vazn toifasida ringga ko‘tariladi.
Tokiodagi musobaqalarda erkak bokschilar soni 214, ayol bokschilar soni esa 72 nafar tashkil etadigan bo‘ldi.
Erkaklar vazn toifalari: -52 kg, -57 kg, -63 kg, -69 kg, -75 kg, -81 kg, -91 kg, +91 kg.
Ayollar vazn toifalari: -51 kg, -57 kg, -60 kg, -69 kg, -75 kg.
Izoh (0)