Joriy yilning 25-oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Musobaqada jahonning yetakchi sportchilari qatorida o‘zbek sporti afsonasi, 43 yoshli Oksana Chusovitina ham ishtirok etadi.
Chusovitina ayni paytda musobaqa o‘tkaziladigan Doha shahriga yetib borgan va bahslarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chempionatda Oksana qatnashadigan tayanib sakrash bahslari 27—28-oktabr kunlari o‘tkazilsa, final bellashuvlari 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 3-noyabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)