Fotograf Tyerri Koen 2010-yildan buyon Parij, Tokio, Gonkong, Nyu-York va dunyoning boshqa yirik shaharlari aholisi ko‘rishi mumkin bo‘lgan tungi yulduzli osmonni namoyish qiluvchi loyiha ustida ishlashni boshlagan.
Buning uchun suratkash megapolislarning tungi suratlarini oladi, keyin esa cho‘llarga yo‘l oladi va u yerda yulduzli osmonni suratlarga muhrlaydi. Keyin esa suratlarni birlashtiradi. Biroq u mazkur shaharlardagi chiroqlarni o‘chirib, yulduzli osmon qanday ko‘rinishini tasvirlashga harakat qiladi. Buning uchun ijodkor Yerning harakatlanmas yulduzlarga nisbatan aylanish tezligiga asoslangan shkaladan foydalanadi. TravelAsk fotografning ijod namunalarini taqdim etdi.
Izoh (0)