Belgiyada ikki politsiya xodimi o‘qotar quroldan yaralandi. Ularga kim hujum uyushtirgani noma’lum, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Voqea Fesdre shahrida bo‘lgan. Aytilishicha, politsiyachilar shubhali mashinani to‘xtatishga harakat qilgan. Ammo salonda o‘tirganlarga ularga qarata o‘t ochgan.
Mamlakat bosh vaziri Sharl Mishel yarador politsiyachilarni qo‘llab-quvvatlab, bayonot bilan chiqdi.
“Biz huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qiluvchilarga qarshi shafqatsiz bo‘lishimiz kerak”, — dedi u.
Izoh (0)