O‘zbekistonda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kredit ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bu hukumatning “Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda “Asaka” bankiga Moliya va Ichki ishlar vazirliklari bilan kelishgan holda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalari egalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilingan.
Shuningdek, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019-yil 1-yanvarga qadar shakllantirish, belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Ma’muriy amaliyot” axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019-yil 1-iyunga qadar amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.
Izoh (0)