Gonkongda to‘rtta yotoqxonali kichik uy rekord narx — 446 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “RBK”.
Dunyoda sotilayotgan uylar orasida eng qimmati bo‘lgan ushbu uy 15 sotixga yaqin yer maydonida joylashgan, u yerda avtoturargoh va basseyn bor, ammo uni hashamatli deb atab bo‘lmaydi.
U Gonkongning eng talabgir tumanlaridan birida — mahalliy aholi shunchaki “balandlik” deb ataydigan Viktoriya balandligida joylashgan. Uy 1991-yilda qurilgan bo‘lib, ichi ham 90-yillar uslubida bezatilgan.
Uyni savdoga qo‘ygan ko‘chmas mulk agentligi aniqlik kiritishicha, narx uyning o‘zidan ko‘ra, u joylashgan yerga taalluqli. “Uy ancha eski. Agar uni shuncha narxga sotib olishsa, uni buzib, o‘rnida boshqa uy qurishsa kerak”, — dedi u.
Izoh (0)