Janubiy Koreya eksport-import banki (KEXIM) Toshkentda jamoat transportini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqish uchun grant ajratadi. Bu haqda ushbu davlat va shahar hokimligi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Toshshahartransxizmat” boshqaruvi raisi Mohir Valiyevga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun bunday tashabbuslarni joriy etishda katta tajribaga ega bo‘lgan xalqaro kompaniya yollanishi ko‘zda tutilmoqda.
Kompaniya Toshkent yo‘lovchi transportini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Buni moliyalashtirishni esa ajratiladigan grant doirasida Janubiy Koreya tomoni o‘z zimmasiga oladi.
Izoh (0)