Yo‘nalishning masofasi 3000 km, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat va yo‘lkira haqi 500 ming so‘m. Toshkentdan Nijniy Novgorodga xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilmoqda. Bu haqda Avtomobil transport agentligiga tayanib Spot xabar berdi.
Yo‘nalishning masofasi 3000 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha — 500 ming so‘m. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa — 6 ming rubl qilib belgilandi.
Yo‘nalish “G‘isht ko‘prik” (O‘zbekiston), “Jibek Joli”, “Jaysan” (Qozog‘iston), “Sagarchin” (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.
Izoh (0)