Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev senator etib saylandi. Bu haqda deputat Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
14-sentabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlisning Senati a’zosi saylovi bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, qo‘shma majlisda ishtirok etgan 331 nafar deputatdan 324 nafari yoqlab bergan ovoz bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Izoh (0)