Toshkentda joriy yilning 8 oyi davomida 25 ta avtomobil olib qochildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga kam.
“2017-yilda shu vaqtda 33 ta olib qochish qayd etilgandi. Buning uchun javobgarlikka tortilganlarning barchasi eshigi ochiq yoki kaliti o‘zida qoldirilgan mashinani ko‘rib, sayr qilishdan o‘zlarini tiya olmaganliklarini bildirgan. Shunisi ham borki, ularning aksariyati jinoyatni amalga oshirish chog‘ida mast bo‘lgan”, — deya izoh berdi Toshkent shahar IIBB mutasaddilari.
Ma’lumot uchun, bunday huquqbuzarlikni ilk bor amalga oshirgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Jinoyatga qayta yoki guruh bilan qo‘l urilsa, 20 yilgacha muddat berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)