Bir necha kun mobaynida bir qator foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmog‘i va boshqa veb-resurslarga kirishda muammolarga duch kelmoqdalar. Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda “O‘zbektelekom“ AK matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“O‘zbektelekom“ AK foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi ushbu xabarni inkor etadi.
Bugungi kunda “O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.
Izoh (0)