Toshkentda qutqaruvchilar yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan Nexia salonida qisilib qolgan erkakni chiqarib oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
9-sentabr kuni soat 21:35 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida Nexia rusumli avtoulovi boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, Nexia rusumli avtoulov salonida qisilib qolgan fuqaro yo‘lovchi R.M.ni zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib oldi va tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Izoh (0)