O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Shanxay ayollar federatsiyasi vitse-prezidenti Lyu Sini qabul qildi, deb yozadi O‘zA.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yiicha tajribalar almashdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladi.
Izoh (0)