Misr qadimiyat yodgorliklari vaziri Xolid al-Annaniyning so‘zlariga qaraganda, 8-sentabr kuni Qadimgi Misrning V sulolasi davrida yashagan Ti ismli saroy mulozimining maqbarasi tashrifchilar uchun ochiladi. Osori atiq 4,5 ming yoshda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qohira yaqinidagi Sakkara nekropolida joylashgan maqbara 1965-yili fransiyalik misrshunos Fransua Mariyet tomonidan ochilgan edi. U devorlariga chizilgan chiroyli suratlari bilan mashhur.
Maqbara devorlariga qadimgi misrliklarning turmush tarzini aks ettiruvchi tasvirlar tushirilgan. Jumladan, ular orqali non pishirish, papirus ishlab chiqarish, ovchilik, qurbonlik keltirish singari mashg‘ulot va urf-odatlar haqida ma’lumot olish mumkin.
Izoh (0)