Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Dmitriy Medvedev hamda Abdulla Aripov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifini muhokama qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
“Joriy yil oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga alohida e’tibor qaratdik”, — deb ta’kidladi Medvedev hukumatlararo komissiya qo‘shma majlisida.
Abdulla Aripov ham Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Putinning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi kun tartibi muhokama qilinganligini bildirdi.
Izoh (0)