Joriy haftaning boshidan buyon tartibsizliklar ichida qolgan Iroqning Basra shahrida 7-sentabr kuni Eron konsulligi yoqib yuborildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bir kun avval namoyishchilar Eron tarafdori bo‘lgan siyosiy partiya ofislariga o‘t qo‘ygan.
Basrada 3-sentabrdan buyon ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Shu kunlar ichida minglab namoyishchilar rasmiylardan shaharga toza ichimlik suvi yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashni talab qilmoqda. Namoyishlar kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlarga ham aylanib ketmoqda.
Izoh (0)