Ma’lumki, Shahrisabzda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchi va mehmon qatnashmoqda. Ularning aksariyati mahalliy jurnalistlar bilan suhbatlarda tashkil etilgan tadbir haqida ijobiy fikr bildirmoqda, deb xabar beradi “Daryo”ga Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Men internet orqali o‘zbek milliy maqomlarini tinglab, uning ohanglari nihoyatda diltortar va o‘ziga jalb qiluvchi ekanligi his qildim. Bu esa mening ularga bo‘lgan qiziqishimga sabab bo‘ldi va O‘zbekiston zaminiga, “Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tashrif buyurdim. Shahrisabzga kelgach esa, tarixiy “Oqsaroy” obidasi va uning atrofidagi o‘zbek xalqining milliy san’ati, liboslari, hunarmandchiligi va taomlari haqida mujassamlangan ekspozitsiyalarni ko‘rib, yanada ajoyib taassurotlarga ega bo‘ldim. Bu maydonchaga kirgan borki, bir necha lahzalarning ichida xalqingiz haqida ko‘pniga ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ayniqsa, o‘z qo‘llari bilan milliy san’at namunalarini tayyorlayotgan hunarmandlar ishiga qoyil qoldim. Kelgusida O‘zbekistonga, albatta, oilamni ham olib kelaman. Maqom san’ati festivali esa allaqachon san’atsevarlarning ko‘nglidan joy oldi, desam yanglishmayman.Anvar Abdulla, Birlashgan Arab amirliklari san’at vakili
Izoh (0)