Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Jamoa rahbariyati yaqindagina klub bosh murabbiyi Fransisko Gamesni natijalarning ijobiy ko‘rinishda emasligi sabab iste’foga chiqargandi. Ayni paytda “Dorados” Meksika ikkinchi divizionida 6 turdan so‘ng 15 klub orasida 3 ochko bilan 13-o‘ringa joylashgan.
Ta’kidlash joiz, 57 yoshli Maradona hozirda Belarusning “Dinamo Brest” klubi bilan 3 yillik shartnomaga ega va u rasman jamoada boshqaruv raisi hisoblanadi. Diyegoning “Dinamo”dan ketish-ketmasligi haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, “Dorados” klubi Meksika shimoli-g‘arbida joylashgan Sinaloa shahri sharafini himoya qiladi.
Izoh (0)